Gaudining asari yana bittaga ko‘paydi

Share post:

Mashhur me’mor Antoni Gaudiga tegishli bo‘lgan yana bir bino rasman tasdiqlandi. Gap Kataloniya tog‘larida joylashgan eski Shaleni qishloq uylaridan biri haqida bormoqda. Bu bino XX asr boshlarda sanoatchi Eusebi Guelga qarashli zavod muhandislari uchun qurilgan. Gaudi avval ham Guel bilan ko‘p ishlagan va uning uchun turli loyihalarni amalga oshirgan.

Keyinchalik bino 1932-yilda shaleni La-Pobla-de-Lilyet shahriga topshirilgan, 1970-yilda bir muddat yozgi lager sifatida ishlatilgan. So‘ng qarovsiz holga kelib qolgan. Shalening dizayni Gaudiga xos uslubda bo‘lsa ham, u o‘z muallifligini rasman tasdiqlamagan. Taxminlarga ko‘ra, qurilish paytida loyihaga o‘zgartirishlar kiritilgani bunga sabab bo‘lgan.

Mutaxassislar fikricha, Gaudi bino chizmasini bergan, lekin o‘sha paytda boshqa yirik loyihalar bilan band bo‘lgani uchun qurilishda ishtirok etmagan. Qizig‘i shundaki, bu bino haqida Gaudiga tegishli degan ma’lumotlar ancha oldin 1946-yilda paydo bo‘lgan, ammo rasmiy tasdiq  faqat yaqinda berildi.

Endilikda ushbu obyektni 2026-yil yozida ochish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar Gaudining vafotiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Loyiha: Dunyoning oxiri” filmi 510 mln dollar yig‘di

Rejissyorlar Fil Lord va Kristofer Miller suratga olgan “Loyiha: Dunyoning oxiri” filmi prokatning deyarli bir oyi ichida 510...

“Qizil sharbat” yulduzi hibsga olindi

Aleyna Bozok taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq ish doirasida hibsga olingan mashhurlar ro‘yxatiga kirdi. U “Qo‘rg‘on sirlari” va “Qizil...

Afsonaviy hind xonandasi Asha Bhosle 92 yoshida vafot etdi

Bollivudning afsonaviy xonandasi Asha Bhosle 2026-yil 12-aprel kunida 92 yoshida vafot etdi.  Oila a’zolari ma’lumotiga ko‘ra, u Mumbaydagi shifoxonada...

Rianna ilk bor olti oylik qizi bilan jamoat oldida ko‘rindi

Qizi tug‘ilganidan beri birinchi marta Rianna kichkintoyi bilan omma oldida paydo bo‘ldi — va, albatta, yana zamonaviy obrazda. Xonanda...