Qizi tug‘ilganidan beri birinchi marta Rianna kichkintoyi bilan omma oldida paydo bo‘ldi — va, albatta, yana zamonaviy obrazda.
Xonanda Parijda olti oylik qizi Roki Ayrish bilan birga ko‘rindi. Kichkintoy uchun 2002-yilda Jon Galliano tomonidan yaratilgan Dior kolleksiyasidan vintaj shapka tanlangan. Bundan tashqari, u kulrang plissirovka ko‘ylakda edi — haqiqiy moda oilasida ulg‘ayayotgani sezilib turadi.


Albatta, yoqimli bolalarcha holat ham bo‘ldi: suratlarda sayr paytida Roki bitta botinkasini yo‘qotib qo‘ygani ham ko‘rinadi. Riannaning o‘zi ham stil ikonasi ekanini yana bir bor isbotladi — u Carhartt bosh kiyimi, Prada polo futbolkasi va Dior sumkasi bilan ko‘rinish berdi.
U bilan birga A$AP Rocky va ularning katta o‘g‘li Riza ham bo‘lgan. Ikkinchi o‘g‘li Rayot esa bu safar kadrlarga tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rianna va A$AP Rocky 2025-yil kuzida uchinchi bor ota-ona bo‘lishdi — ularning uzoq kutilgan qizi Roki Ayrish dunyoga kelgan. Juftlik yana ikki o‘g‘ilni ham tarbiyalamoqda.

