Irina Sheyk bolaligida olingan arxiv suratlarini e’lon qildi

Share post:

Rossiyalik supermodel Irina Sheyk shaxsiy blogida u hali dunyoga mashhur model bo‘lishidan ancha oldin olingan eski suratlarini ulashdi.

Modelning asl familiyasi Shayxlislamova bo‘lib, u bolalik va o‘smirlik yillarini Chelyabinsk Oblastdagi Yemanjelinsk shahrida o‘tkazgan. Uning hayoti 2004-yilda “Supermodel” nomli hududiy go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgach tubdan o‘zgargan — aynan o‘sha yerda uni skautlar payqab, professional model sifatida faoliyat boshlashni taklif qilishgan.

“15+… Oila va do‘stlar bilan”, — deb yozdi Irina Shayk 17 ta fotosuratdan iborat to‘plamga izoh sifatida.

Suratlarning ayrimlari uy sharoitida olingan: gul naqshli devor qog‘ozlari, mebel devorlari, nafis parda va 1990–2000-yillar boshiga xos devorga osilgan gilam fonida. Boshqa kadrlar esa ko‘chada tushirilgan — uzumzor yonida, ochiq kafe stolida, dengiz bo‘yida va quyosh botishini tomosha qilinadigan maydonda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yosh Irina Shaykning ilk pozalarini yuqori baholab, iliq izohlar qoldirishdi: “Bizning Ira!”, “Qanchalik go‘zalsiz!”, “U har doim chiroyli bo‘lgan!”

Ba’zi kuzatuvchilar qiziqarli detalga ham e’tibor qaratdi: suratlardan birida u Dolce & Gabbana yozuvi tushirilgan futbolkada ko‘rinadi — hozir esa aynan shu brend uni reklama kampaniyalariga tez-tez taklif qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Muzyurak 3”da Anna va Kristoffni to‘yi bo‘ladimi?

“Muzyurak 3” atrofidagi qiziqarli yangiliklar paydi bo‘ldi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, filmda Anna va Kristoff to‘yi muhim syujetga aylanishi...

Robert Pattinson “Betman 2” ustida ishlashni tez orada boshlaydi

Aktyor fransuz teleko‘rsatuvi “C à vous”ga bergan intervyusida “Betman 2” suratga olish ishlari yaqin kunlarda boshlanishini aytdi. Uning...

Brandy “Shon-shuhrat xiyoboni”da yulduzga ega bo‘ldi

47 yoshli “Gremmi” mukofoti sovrindori hamda “Sinderella” yulduzi 30-mart kuni “Shon-shuhrat xiyoboni”dagi 2839-yulduz bilan taqdirlandi. Marosimda Issa Rey...

Arnold Shvartsenegger Olster universitetida faxriy doktorlik darajasini oldi

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger Shimoliy Irlandiyadagi Olster universiteti tomonidan faxriy doktorlik unvoni bilan...