Jeyson Momoa kuchli suv toshqini sabab Gavayini tark etdi

Share post:

Gavayi orollarida kuchli yomg‘irlar yog‘ib, jiddiy suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Aktyor Jeyson Momoa oilasi bilan birga orolning shimoliy qirg‘og‘idagi uyini shoshilinch tark etishga majbur bo‘ldi.

Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib, o‘zlari xavfsiz ekanini aytdi, ammo atrofdagi vayronagarchiliklarni “aqldan ozdiradigan darajada” deb ta’rifladi. Kuchli yomg‘irlar tufayli mahalliy dambada suv sathi juda tez ko‘tarilgan.

Mutaxassislar 120 yillik dambaning yorilib ketish xavfi borligini ogohlantirmoqda — suv darajasi kritik nuqtaga yetishiga ikki metrdan ham kam qolgan. Bir nechta orollarda yakshanbagacha suv toshqini bo‘yicha ogohlantirish amal qilmoqda.

Tabiiy ofat sabab Momoa o‘zining musiqiy konsertini ham bekor qilishga majbur bo‘ldi. Aktyor uy-joysiz qolgan mahalliy aholi uchun xavotir bildirib, odamlarni bir-biriga yordam berishga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini”dagi hamkasbi Emili Klark bilan uchrashib, muxlislarni xursand qilgan edi. Ular serialdagi mashhur obrazlari — Xala Drogo va Deyenis Targaryen sifatida yana birga suratga tushishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...