Yangi “Garri Potter” aktyori Sneyp roli tufayli o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda

Share post:

Yangi HBO loyihasida ishtirok etayotgan aktyor Paapa Essedu kuchli bosim ostida qolayotganini tan oldi, ammo taslim bo‘lishni istamayapti.

Kelajakdagi “Garri Potter” serialida professor Severus Sneyp roliga tasdiqlangan aktyor irqchilikka asoslangan haqoratlar va hatto o‘lim tahdidlariga duch kelgan. Avvalgi filmlarda Sneyp obrazini marhum Alan Rikman ijro etgan edi. Uning talqini muxlislar orasida afsonaviy darajaga ko‘tarilgan. Essedu esa bu rolning naqadar mas’uliyatli ekanini yaxshi tushunishini aytgan.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, serial chiqqunga qadar u 45 yoshga to‘ladi va hayoti tubdan o‘zgaradi. Biroq bu o‘zgarishlar allaqachon boshlangan: internet foydalanuvchilari undan rolni tark etishni talab qilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda esa unga qarshi keskin hujumlar davom etmoqda.

“Har safar ijtimoiy tarmoqlarga kirsam, kimdir uyimga kelib meni o‘ldirishini yozgan bo‘ladi. Albatta, bu amalga oshishiga ishonmayman, lekin bunday reaksiyaning o‘zi ham normal emas. Hech kim ish sabab bunday holatni boshdan kechirmasligi kerak,” — deydi u.

Shunga qaramay, aktyor loyihani tark etmoqchi emas. Unga ko‘ra, muammodan qochish irqchilikni yo‘q qilmaydi. Aksincha, bu bosim uni yanada kuchliroq ishlashga undamoqda. Essedu Sneyp obrazini o‘ziga xos tarzda yaratishni va stereotiplardan chiqish orqali boshqalarga ham ilhom berishni xohlaydi.

Serialda asosiy rollarga yana Dominik Maklaflin (Garri Potter), Alaster Stout (Ron Uizli), Arabella Stenton (Germiona Greyndjer) va Loks Pratt (Drako Malfoy) tasdiqlangan. Professor Dambldor rolini John Litgou, Minerva Makgonagall rolini Janet Maktir, Xagrid rolini esa Nik Frost ijro etadi.

Serial suratga olish ishlari o‘tgan yozda boshlangan, premyera esa 2027-yilga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...