Animatsiya olamida KATTA yangilik!

Share post:

Astir animatsiya studiyasi tomonidan O‘zbekiston tarixida ilk bor — buyuk bobolarimiz bolaligini tasvirlaydigan 3D animatsion filmlar turkumi yaratildi! U 10 ta qisqa filmni o‘z ichiga oladi.

— Bu turkum yosh avlodga ajdodlarimizning aqli, topqirligi va ilmga chanqoqligini real voqealar asosida ko‘rsatadi.

— Unda Xorazmiyning qurilishdagi murakkab hisob-kitobni soddalashtirishi, Ibn Sinoning qush va jonivorlarni davolashi, Farg‘oniyning suv o‘lchash asbobini yaratishi kabi voqealar aks etadi.

— Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning turkiy adabiyotga qiziqishi, Qoshg‘ariyning lug‘at tuzishga kirishishi, Behzodning naqshlari bilan ustalarni lol qoldirishi ham tasvirlanadi.

— Navoiy kichik yoshida she’rlari bilan Lutfiy e’tiborini tortadi, Ulug‘bekning yulduzlar ilmini o‘rganishi Amir Temurni hayratga soladi.

— Beruniy yerning dumaloqligini taxmin qilgani, Boburning yoshligida mas’uliyatni zimmasiga olishi kabi sahnalar ham turkumdan joy olgan.

16-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida KATTA NAMOYISH bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bepul kinonamoyishlarga marhamat!

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar...

Hollywood tepaligida Sidni Suini bilan mojaro

Aktrisa 26-yanvar kuni kechasi Los-Anjelesdagi mashhur “Hollywood” belgisi ustiga chiqib, ko‘plab ichki kiyimlarni harflar ustiga ilib chiqqan. Bu...

“Oskar – 2026” ga nomzodi qo‘yilgan animatsion filmlar

“Oskar–2026” uchun “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga bir necha yirik va turlicha loyihalar nomzod bo‘ldi. Bu yo‘nalish har...

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi. Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga...