BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

Share post:

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh rollarni Ma Don Sok, Li Jin Uk va LISA ijro etadilar.

“Extraction: Taigo” urush paytida yetim qolib, yollanma jangchiga aylangan Taygo ismli yigit haqida hikoya qiladi. Muhim topshiriq davomida jinoyat tashkiloti Taygoning yaqini Liyani o‘g‘irlab ketganidan so‘ng, u o‘ta xavfli qutqaruv missiyasiga yo‘l oladi.

Ma Don Sok Taigo — urush hududlarida faqat tirik qolish uchun kurashib yashagan odam rolini ijro etadi. Li Jin Uk Taigoga qarshi turgan jinoyat tashkiloti yetakchisi Arman Chxve rolini o‘ynaydi. BLACKPINK a’zosi Lisa esa Taygoning yaqini, uning jamoasiga qo‘shilib, missiyada ishtirok etadigan Liya rolini ijro etadi. Bu rol Lisa uchun debyut hisoblanadi.

Hozircha “Extraction: Taigo” filmining aniq premyera sanasi e’lon qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ariana Grande Sevishganlar kuni munosabati bilan Swarovski’ning yangi reklama kampaniyasi yuzi bo‘ldi

Jahon pop sahnasining yulduzi Ariana Grande yana moda olamining diqqat markazida. Xonanda Sevishganlar kuni munosabati bilan taqdim etilgan...

“Qirol Sher”ning hammuallifi Rojer Allers vafot etdi

2026 yil 19 yanvarda animatsiya olami katta yo‘qotishga uchradi — Rojer Allers, mashhur amerikalik rejissyor, ssenariy muallifi va...

Joy Awards 2026: Ar-Riyodda o‘tgan yulduzlar kechasi va jahon shou-biznesining yorqin lahzalari

2026 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod yana bir bor jahon shou-biznesi markaziga aylandi. Bu yerda katta...

Mashhur xonanda JONY «Рядом» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan xayriya auksionini o‘tkazdi

Taniqli ijodkor JONY «Рядом» nomli badiiy ko‘rgazmaga bag‘ishlab xayriya auksioni tashkil etdi. Ushbu tadbir jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va...