Qozog‘istonlik reper SayMo Toshkentda ilk yakkaxon konsertini taqdim etdi

Share post:

Kecha Toshkent shahrida Qozog‘istonning mashhur reperi SayMo o‘zining kutilgan ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Poytaxtdagi konsert san’at ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, zal tomoshabinlar bilan to‘ldi.

SayMo sahnaga chiqishi bilan tomoshabinlarga o‘zining eng mashhur hitlari, yangi ijod namunalarini taqdim etdi. Reperning jonli ijrosi, sahnadagi ishonchli harakatlari va auditoriya bilan iliq muloqoti kechani yanada jo‘shqin ruhda o‘tkazishga xizmat qildi. Uning har bir qo‘shig‘i tomoshabinlar tomonidan qarsaklar va hayqiriqlar bilan kutib olindi.

Konsertning eng yorqin lahzalaridan biri — mehmon sifatida taklif etilgan o‘zbek ijodkorlari DJ King Macarella va Ruhsora Emmning sahnadagi chiqishlari bo‘ldi. Ular o‘ziga xos energiya va ijodiy kayfiyat bilan SayMo konsertiga milliy rang va o‘zbekona muhiti baxsh etdi. Tomoshabinlar ikki ijodkorning kutilmagan ko‘rinishlarini iliq kutib oldi.

Kechaning so‘ngida SayMo o‘zbekistonlik muxlislariga minnatdorchilik bildirib, Toshkentdagi birinchi yakkaxon konserti uning uchun juda muhim voqea bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, u kelgusida O‘zbekiston sahnasida yana ko‘rinish berish va mahalliy ijodkorlar bilan hamkorlik qilish rejalari borligini ham ma’lum qildi.

Toshkentdagi ushbu konsert reperning ijodiy faoliyatida muhim bosqichlardan biri sifatida tarixda qolishi shubhasiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...