
Shahzoda Instagram sahifasida uzoq paytdan beri jamoasi bilan ustida ishlab kelayotgan “10787 by Shahzoda” brendi yaratilganini ma’lum qildi. U posti ostiga:
Biz ideal matolarni izladik, eskizlar chizdik, shakl va hissiyot ustida ishladik, har bir ayol oʻzini betakror his qilishi uchun.

10787 by Shahzoda – soddalikdagi goʻzallik haqida. Soʻz talab qilmaydigan uslub haqida.
Muhabbat bilan, Shahzoda” – deb yozib qoldirgan.
Ma`lumot o‘rnida Shaxzoda o‘z ijod faoliyatini turmush o‘rtog‘i Ravshan Yuldoshevning vafotidan so‘ng to‘xtatib qo‘ygan edi va bu brend ochilishi xonandaning o‘sha vaqtdan beri birinchi ommaga taqdim qilgan yangiligi bo‘ldi.

