Deni Vilnyov “Dyuna 3” suratga olish ishlarini yakunladi va yangi tafsilotlarni oshkor qildi

Share post:

Mashhur fantastik franshiza — “Dyuna”ning uchinchi qismi suratga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Rejissyor Deni Vilnyov boshchiligidagi jarayon to‘rt oy davom etdi. Filmning premyerasi 2026-yil 18-dekabr sanasiga rejalashtirilgan.

Syujetga ko‘ra, Atreydeslar uyi vorisi Pol (Timoti Shalame) va uning onasi yana Arrakis sayyorasidagi xavf-xatarlar bilan to‘qnash keladi — bu sayyora eng qimmat resurslardan biri bo‘lgan melanj qazib olinadigan joy hisoblanadi.

Uchinchi film “Dyuna messiyasi” va taxminan “Dyuna bolalari” asaridagi voqealarga asoslanadi. Tomoshabinlar tanish qahramonlar bilan bir qatorda yangi personajlarni ham ko‘rishadi.

Bu safar Vilnyov filmni raqamli kamera o‘rniga plyonkada suratga olishga qaror qilgan — bu usul, rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, filmga o‘ziga xos atmosfera va vizual chuqurlik beradi, hikoyaning epik ko‘lamini yanada kuchaytiradi.

Syujet tafsilotlari hozircha sir tutilayotgan bo‘lsa-da, muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon qahramonlarning taqdirlari va ehtimoliy voqealar rivojini muhokama qilmoqda. Kutilishicha, filmda ulkan jang sahnalari, cho‘l qurti monstrlari va Atreydeslar uyi intrigalari yana markazda bo‘ladi.

Shuningdek, aktyor Robert Pattinson uchinchi film jamoasiga qo‘shilgani ma’lum. U cho‘l sahnalaridagi suratga olish jarayoni haqida o‘z taassurotlarini bo‘lishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...