Donald Tramp tufayli AQShni tark etgan Ellen DeJeneres ilk bora gapirdi

Share post:

AQSh prezidentlik saylovida Donald Trump g‘alaba qozongach, AQShga qaytmaslikka qaror qilgan Ellen DeJeneres o‘z yurtini tark etgani haqida so‘zlab berdi.

AQShlik mashhur aktrisa va komediyachi Ellen DeJeneres, Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylangani sababli mamlakatini tark etgani haqida ilk bor ochiqchasiga gapirdi.

2024-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining natijalari e’lon qilinishidan biroz oldin, 67 yoshli komediyachi oilasi bilan birga Angliyadagi Kotsvold shahridagi uyiga ko‘chib o‘tganini va endi u yerda doimiy yashashga qaror qilganini aytdi.

Richard Bekonning dasturida mehmon bo‘lgan Ellen DeJeneres hayotidagi katta o‘zgarishni shunday so‘zlar bilan tushuntirdi:


Saylovdan bir kun oldin bu yerga keldik va ertalab yig‘i emojili xabarlar bilan uyg‘ondik. “Tramp prezidentlikka saylandi” dedim va “Bu yerda qolamiz” dedim.

Ellen DeJeneres Angliyaga bo‘lgan mehrini ifodalayar ekan, shunday dedi:
“Bu yer albatta juda go‘zal. Biz bu darajadagi go‘zallikka unchalik o‘rganmagan bo‘lsak kerak. Qishloqlar, shaharchalar va arxitektura, ko‘rgan har bir narsangiz sehrli va bu yerda hayot ancha sodda.”

Shuningdek, u quyidagi so‘zlar bilan davom etdi:
“Bu joy toza. Bu yerda hamma narsa yaxshiroq. Hayvonlarga munosabat yaxshi, odamlar esa judayam muloyim.”

AQSh prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozonsa, mamlakatni tark etishini aytgan Sharon Stoun, Sher va Barbra Streyzand kabi mashhurlar hayotlarini AQShda davom ettirgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib mamlakatdan ko‘chib ketgan inson Ellen DeGeneres bo‘lgan edi.

Montesitodagi uyini sotuvga qo‘ygan mashhur boshlovchi, Angliyadagi uyini saylovdan oldin sotib olgan edi. Lekin Donald Trampning g‘alabasidan chuqur hafsalasi pir bo‘lgan Ellen DeJeneres, oilasi bilan birga Angliyadagi uyida qolishga qaror qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....