Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore platformasida C+ bahosiga ega bo‘ldi.
Bu natija Tom Kruzning so‘nggi 10 yil ichidagi eng past CinemaScore ko‘rsatkichi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, “Top Gan: Maverik” A+, “Missiya: Imkonsiz — Yakuniy hisob-kitob” A-, 2017-yilgi “Mumiya” esa B- bahosini olgan.
Filmda Tom Kruz dunyodagi eng qudratli inson obrazini gavdalantiradi. U insoniyatni qutqara olishini isbotlash uchun xavfli missiyaga otlanadi. Film ijodkorlari uni “misli ko‘rilmagan miqyosdagi falokatlar komediyasi” deb ta’riflagan.
“Digger” hozircha Rotten Tomatoes’da tanqidchilarning 52 foiz ijobiy bahosiga ega.

