Billi Aylish va Jeyms Kemeron birgalikda 3D loyiha tayyorlamoqda 

Share post:

Mashhur qo‘shiqchi Billi Aylish rejissyor Jeyms Kemeron bilan birgalikda 3D loyiha ustida ishlayotganini e’lon qildi

Mashhur qo‘shiqchi Billi Aylish 3D loyiha ustida ishlashini e’lon qilar ekan bu loyihada “Titanik” va “Avatar” kabi mashhur filmlarning rejissyori Jeyms Kemeron bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

23 yoshli qo‘shiqchi yangi loyihasi haqida Angliyaning Manchester shahrida bergan konserti vaqtida e’lon qildi. Lekin loyihaning tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot bermadi.


“Co-op Live” nomli arenada bo‘lib o‘tgan konsertda, tomoshabinlar orasida Jeyms Kemeron ham ishtirok etayotgan paytda so‘zga chiqqan Billi Aylish, 4 kun davomida sahna chiqishlari uchun bir xil kiyimda bo‘lishini talab qiladigan suratga olish ishlari olib borilishini e’lon qildi.

Videolarning qayerda va qanday foydalanilishi haqida batafsil ma’lumotlar yaqin oylarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ayishning muxlislari bu loyiha hujjatli film, badiiy film yoki klip bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.

Konsert paytida qo‘shiqchi shunday dedi:

“Bu yerda odatdagidan ko‘ra ko‘proq kamera borligini sezgandirsizlar. Aslida bu haqda ko‘p narsa aytolmayman lekin shuni ayta olaman-ki, Jeyms Kemeron bilan maxsus loyiha ustida ishlayapmiz va bu loyiha 3D formatda bo‘ladi.”

Mashhur qo‘shiqchi yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda batafsilroq ma’lumotlar ulashishini qo‘shimcha qildi.

Aylish 2021-yilda “Billi Aylish The World’s a Little Blurry” nomli hujjatli film va “Happier Than Ever: A Love Letter to Los Angeles” nomli kino-konsertda ishtirok etgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....