Islom dunyosiga oid noyob artefaktlar O‘zbekistonga qaytariladi

Share post:

Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixiga bog‘liq bo‘lgan islom sivilizatsiyasining “oltin davri”ga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va artefaktlar kolleksiyasi namoyish etildi. Ushbu tarixiy relikviyalar o‘nlab yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan bo‘lib, yaqin kunlarda o‘z vataniga — O‘zbekistonga qaytariladi.

Mazkur muhim madaniy voqea 7–8-iyul kunlari dunyoga mashhur Sotheby’s va Christie’s auksion uylari tomonidan tashkil etildi. Bir qator qimmatli eksponatlar xalqaro ilmiy jamoatchilik — yetakchi olimlar, ekspertlar, kuratorlar, muzey mutaxassislari va kolleksionerlar e’tiboriga ilk bor aynan Londonda taqdim etildi.

Artefaktlar orasida IX asrga oid Qur’on qo‘lyozmalari parchalari, miniatyuralar, zargarlik buyumlari, kundalik hayot anjomlari, to‘qimachilik mahsulotlari hamda O‘zbekistonni jahon intellektual markazlaridan biri sifatida namoyon etuvchi san’at asarlari bor.

Ushbu eksponatlar 2025-yilda Sotheby’s va Christie’s auksion savdolari orqali O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan sotib olindi.

«Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir. Markaziy Osiyo tarixida alohida o‘rin tutuvchi artefaktlarning vataniga qaytishiga ko‘maklashayotganimizdan mamnunmiz», — deya ta’kidladi Sotheby’s vakili Benedikt Karter.

Shuningdek, O‘zbekistonda tasviriy va amaliy san’atni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli dastur ishga tushirilmoqda. Toshkentda zamonaviy san’at galereyasi — rassomlar va dizaynerlar uchun ko‘rgazma maydonchasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘rgazma zalini rekonstruksiya qilish va 40 ta alohida ustaxona bilan jihozlangan Yosh rassomlar markazini yaratish rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...