Wildberries, Ozon va Avito xodimlari haqida komediya seriali suratga olinadi

Share post:

Rossiyaning “Gazprom-Media” xoldingi Wildberries, Ozon va Avito bilan hamkorlikda buyurtmalarni topshirish punktlari (PVB) hayoti haqida komedik serial — sitkom suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda xolding bosh direktori Aleksandr Jarov ma’lum qildi.

Loyihaning ishchi nomi “PVB” (“Buyurtmalarni topshirish punkti”) bo‘lib, u yuzlab qismlardan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Serialning premyerasi 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Jarovning aytishicha, loyiha “Gazprom-Media” va mamlakatning yetakchi marketpleyslari o‘rtasidagi strategik hamkorlikning bir qismi hisoblanadi. Uning fikricha, marketpleyslar uchun videokontent ishlab chiqarish asosiy faoliyat yo‘nalishi emas, shu sababli ular bu borada tajribali media kompaniyalar bilan ishlashni afzal ko‘rmoqda.

Biroq, bosh direktor muzokaralar oson kechmayotganini ham tan oldi. Uning ta’kidlashicha, media kompaniyalari ijodiy yondashuvga ko‘proq e’tibor bersa, marketpleyslar amaliy natijalarni ustuvor deb biladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...