“Maykl” biografik filmining davomi suratga olinadi

Share post:

Lionsgate studiyasi Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl 2” biografik filmini suratga olishni 2026-yil oxiri yoki 2027-yil boshida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning kinofilmlar bo‘limi rahbari Adam Fogelson moliyaviy hisobot taqdimotida ma’lum qildi.

Agar reja o‘z vaqtida amalga oshsa, film 2027-yil oxiri yoki 2028-yilning birinchi yarmida tomoshabinlarga taqdim etilishi kutilmoqda. Rejissyor Antuan Fukua ishlagan ilk film Maykl Jeksonning “Jekson 5” guruhidagi faoliyatidan boshlab, 1987-yildagi “Bad” turnesigacha bo‘lgan hayotini qamrab olgan. Bosh rolni esa xonandaning jiyani Jaafar Jackson ijro etgan edi.

Hozircha ikkinchi film qaysi davr voqealarini yoritishi rasman ochiqlanmagan. Biroq, unda Jeksonning “Dangerous” albomi davri va keyingi yillardagi hayotiga oid voqealar aks etishi mumkin. Adam Fogelsonning aytishicha, birinchi film uchun avvalroq suratga olingan ayrim yirik musiqiy sahnalar “Maykl 2” tarkibiga ham kiritiladi. Hozir studiya asosiy e’tiborni tomoshabinlar kutganidek, yanada yirik va sifatli film yaratishga qaratgan. Filmning byudjeti esa hozircha oshkor qilinmagan.

  Eslatib o‘tamiz, “Maykl” filmi joriy yil dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar daromad to‘plab, Lionsgate tarixidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylandi. Kartina yakunida paydo bo‘ladigan “His Story Continues” (“Uning hikoyasi davom etadi”) yozuvi davomi albatta suratga olinishiga ishora qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Wildberries, Ozon va Avito xodimlari haqida komediya seriali suratga olinadi

Rossiyaning “Gazprom-Media” xoldingi Wildberries, Ozon va Avito bilan hamkorlikda buyurtmalarni topshirish punktlari (PVB) hayoti haqida komedik serial —...

Marvel “Qasoskorlar: Doktor Dum” treylerini taqdim etdi

Marvel Studios uzoq kutilgan “Qasoskorlar: Doktor Dum” (Avengers: Doomsday) filmining ilk treylerini e’lon qildi. Film 18-dekabr kuni jahon...

“Mumiya” filmi afishalari London metrosida taqiqlandi

Buyuk Britaniyaning Reklama standartlari boshqarmasi (ASA) Li Kroninning “Mumiya” filmi afishalarini London metrosida namoyish etishni taqiqladi. Regulyator afishadagi...

Google AI yordamida film yaratishni ommalashtirmoqda

Google yosh kinoijodkorlarni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida “Flow Sessions” dasturini yo‘lga qo‘ydi. Olti haftalik loyiha ishtirokchilari...