Uslub — shaxsiyat ifodasi: Vogue 2025 yil uchun eng zamonaviy nomlarni tanladi

Share post:

Vogue jurnali 2025 yilning eng zamonaviy shaxslari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu safar nashr nafaqat moda va shou-biznes vakillarini, balki uslub orqali madaniyat va jamiyatga ta’sir ko‘rsata olgan kutilmagan shaxslarni ham alohida ta’kidladi.

An’anaviy ro‘yxatdan bu yil ham moda olamida o‘z ovoziga ega bo‘lgan mashhur yulduzlar o‘rin oldi. Ular orasida Bed Banniy — gender chegaralarini yo‘qqa chiqarib, rang va shakllar bilan dadil tajriba qilayotgani bilan ajralib turadi.

Rianna esa yangi musiqiy relizlarsiz ham moda dunyosidagi yetakchi shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, ro‘yxatda A$AP Rocky — allaqachon trend belgilovchi erkaklar modasining yetakchi figurasi sifatida tanilgan san’atkor, Rozaliya — avangard, etnik va futuristik unsurlarni uyg‘unlashtira olgan ijodkor,

Alohida e’tiborni esa erkaklar modasida jasorat va teatr ohangini olib kirgani uchun, Timoti Shalamega berildi.

Ro‘yxatdagi eng kutilmagan nom esa Rim papasi Leо XIV bo‘ldi. U Vogue tomonidan “aniq, esda qolarli va ramziy jihatdan puxta o‘ylangan uslubi” uchun tanlab olindi. Nashr ta’kidlashicha, uning tashqi qiyofasi kiyimning oddiy bezak emas, balki muloqot, ta’sir va madaniy dialog vositasi bo‘la olishini yaqqol namoyon etadi — hatto an’anaviy moda doirasidan tashqarida ham.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...