“Uenzdey” seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi

Share post:

Rejissyor Tim Byorton va aktrisa Jenna OrtegaUenzdey” seriali rasman uchinchi mavsumga uzaytirilganini e’lon qilishdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi. Hozirda serial asosidagi alohida spinoff (yangi syujetli alohida serial) bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

Uchinchi mavsum premyerasi qachon bo‘lishi va tomoshabinlarni nimalar kutayotgani hozircha noma’lum. Biroq ayni damda ikkinchi mavsum chiqishga tayyor – u ikki qismga bo‘lingan:

? 1-qism — 6-avgustda,
? 2-qism — 3-sentabrda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, serial syujeti “Addamslar oilasi”dagi qahramon — Mortisha va Gomes Addamsning qizi Uensdey atrofida aylanadi. U paranormal qobiliyatlarini boshqarishga harakat qilib, yangi do‘stlar orttirishga urinadi. Yangi mavsumda Uensdeyni qanday sinovlar kutayotgani esa hanuz sirligicha qolmoqda.

Aktrisa Jenna Ortega avvalroq intervyusida shunday degandi:

“Bu safar serialda muhit yanada qorong‘u va sirli bo‘ladi.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...