Warner Bros. rejissyor Alejandro Gonsales Inyarrituning Tom Kruz bosh rolni ijro etgan yangi filmi “Digger”ning yakuniy treylerini namoyish etildi.
Filmda Tom Kruz plastik grim yordamida butunlay o‘zgacha qiyofaga kirib, dunyodagi eng qudratli inson — neft magnati Digger Rokvell obrazini gavdalantiradi. Uning kompaniyasi Grenlandiyada olib borayotgan burg‘ulash ishlari kutilmagan hodisalar zanjirini boshlab yuboradi. Oqibatda ekologik va yadroviy falokat xavfi yuzaga keladi. O‘zi sabab bo‘lgan apokalipsisni to‘xtatish uchun Rokvell dunyoni qutqarishga qaratilgan xavfli missiyaga otlanadi.
Filmda Tom Kruzdan tashqari Riz Ahmed, Jon Gudman, Sandra Hyuller, Maykl Stalberg, Jessi Plemons, Robert Jon Berk, Emma D’Arsi, Bern Gorman va Sofi Uayld ham rol ijro etgan.
“Digger” ssenariysini Inyarritu Sabina Berman, shuningdek, “Oskar” mukofoti sovrindorlari Aleksandr Dinelaris va Nikolas Jakobone bilan hamkorlikda yozgan. Rejissyorning o‘zi va Berman film g‘oyasi mualliflari hisoblanadi.
Apokaliptik satira janridagi ushbu film olti oy davomida Buyuk Britaniyada suratga olingan va xalqaro prokatga 2-oktabr kuni chiqadi.

