Ilon Mask o‘z hayoti haqidagi hujjatli film ijodkorlarini sudga berishi mumkin

Share post:

Ilon Maskning advokati rejissyor Aleks Gibniga “Musk” hujjatli filmi yuzasidan sudga murojaat qilinishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi xat yubordi.

Advokatning fikricha, filmda Mask 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun Starlink tizimidan foydalangan bo‘lishi mumkin degan noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otuvchi sahna bor.

Ilon Maskning o‘zi filmda ishtirok etmagan. Biroq unda uning sobiq rafiqasi Jastin Mask, sobiq hamkori Eshli Sent-Kler, otasi Errol Mask hamda Tesla kompaniyasi hammuassisi Martin Eberhard intervyu bergan.

Filmga oid e’tirozlarga Eshli Sent-Kler ishtirokidagi sahna sabab bo‘lgan. U saylovlar oldidan Mask “matritsadagi anomaliyani chiqarish” niyatida ekanini aytganini, shundan so‘ng esa unga “kosmosdagi o‘n mingta lazer” haqida xabar yuborganini bildirdi.

Mask tomoni esa Starlink saylovlardagi ovozlarni hisoblash jarayoniga aloqador bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

Qariyb to‘rt soatlik film 8-sentyabr kuni Venetsiya kinofestivalida namoyish etildi. AQShda esa 16-oktyabrdan prokatga chiqishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....