
“Miss World 2025” tanlovi 31-may kuni Hindistonning Haydarobod shahrida boʻlib oʻtdi. Tailandlik 21 yoshli talaba qiz, Suchata “Opal” Chuangsri, ushbu nufuzli tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu Tailand uchun tarixiy voqea boʻlib, mamlakat ilk bor “Miss World” unvonini qoʻlga kiritdi.
Opal 108 ishtirokchi orasidan ajralib chiqdi. U “Haqiqat va shaxsiy masʼuliyat” mavzusida ilhomlantiruvchi javob berib, hakamlar hayʼatini hayratda qoldirdi.

Suchata “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishida oʻqiydi. Tailand, ingliz va xitoy tillarini biladi
“OpalForHer” — koʻkrak bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan loyiha .
Opal oʻzining “OpalForHer” loyihasi orqali koʻkrak bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirishga katta hissa qoʻshdi. U 16 yoshida benign (yaxshi xulqli) oʻsimtani olib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va bu tajriba uni boshqa ayollarga yordam berishga undagan .
Opalning rasmiy Instagram sahifasi: @suchaaata

