ROSE – MTV VMA’da tarix yozgan ilk K-pop yulduzi

Share post:

2025-yilgi MTV Video Music Awards marosimi tarixiy lahzalarga boy bo‘ldi. Mashhur K-pop guruhining a’zosi BLACKPINK ROSE ilk bor bu mukofotda “Song of the Year” (Yil qo‘shig‘i) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. U bu yutuqqa Bruno Mars bilan hamkorlikda yaratgan “APT.” qo‘shig‘i orqali erishdi.

Mukofotni qabul qilib olar ekan, ROSÉ hayajonini yashirmay: “Men bunga ishonolmayapman. Bu yutuq nafaqat meniki, balki Bruno, BLACKPINK a’zolari va biz bilan birga ishlagan produser Teddy’niki hamdir,” deya samimiy minnatdorchilik so‘zlarini bildirdi.

Bu yilgi marosim ROSE uchun yanada o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki u 8 ta nominatsiya bo‘yicha MTV VMA’da nomzod etib ko‘rsatildi. Bu natija K-pop artistlari orasida mutlaq rekord hisoblanadi.

ROSE’ning ushbu muvaffaqiyati K-pop tarixida yangi sahifa ochib, uning global musiqadagi ta’sirini yanada mustahkamladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Fransuz kompaniyasi “Xonqizining sarguzashtlari” sabab rus kompaniyasini sudga berdi

Fransiyaning Miraculous Corp. kompaniyasi “Xonqizining sarguzashlari” multserialining mualliflik huquqi egasi sifatida Rossiyaning “Lenta” supermarketlar tarmog‘iga qarshi sudga ariza...

Chanel afsonaviy fransuz brendi Charvet’ni sotib oldi 

Chanel moda uyi Fransiyadagi eng qadimgi erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Charvet brendini sotib oldi. Qariyb ikki...

Donald Tramp “Melaniya”dan 10,7 mln dollar oldi

Donald Tramp “Melaniya”dan 10,7 mln dollar oldi AQSh prezidenti Donald Tramp 2025-yilgi moliyaviy deklaratsiyasiga ko‘ra, “Melaniya” nomli hujjatli film...

“Ajdarho uyi” seriali 3-mavsumining 2-qismi “Qirollik Bandargohi” IMDb’da rekord o‘rnatdi

“Ajdarho uyi” (House of the Dragon) serialining uchinchi mavsumi ikkinchi qismi tomoshabinlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Qirol...