Poygadan chiqdi: Ostin Batler Jeyms Bond rolidan voz kechdi

Share post:

Ostin Batlerga hozircha yangi filmda 007 agentini o‘ynash bo‘yicha produserlardan aniq taklif tushmagan, biroq u o‘zi bu imkoniyatdan voz kechganini aytdi.

Dunyo bo‘ylab kino muxlislari kim navbatdagi Jeyms Bond bo‘lishi mumkinligi haqida turli taxminlar qilayotgan bir paytda — Tom Xardi yoki Ostin Batler kabi nomlar tilga olinmoqda — ayrim nomzodlar o‘zlari xohlamay bu roldan voz kechmoqda (hatto hali rasmiy taklif olmagan bo‘lsa ham).

“Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Batler intervyusida shunday dedi: u Kaliforniyada tug‘ilib o‘sgan amerikalik aktyor sifatida Britaniya MI-6 agentini ijro etish “bir oz hurmatsizlik” bo‘lishini his qiladi. Garchi u “Dyu­na 2” filmi rejissyori Deni Vilnyov bilan yana ishlashga tayyor bo‘lsa-da.

— Jeyms Bond rolini ijro etarmidim? Menimcha, bu yaxshi g‘oya emas. Chunki men amerikalikman. Britancha aksent bilan gapira olishim mumkin, lekin baribir bu bir oz noo‘rin bo‘lardi, — dedi aktyor Hits Radio UKga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, Bond filmlari u uchun juda qadrli, biroq 007 agentini, uning fikricha, ingliz aktyori ijro etishi kerak. Shu bilan birga, Batler Bond filmlaridan birida yovuz qahramonni o‘ynashdan mamnun bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Qiziq tomoni shundaki, Jeyms Bond roliga nomzodlardan yana biri — Glen Pauell ham avvalroq xuddi shu sabab bilan loyihada bosh rolni ijro etishdan voz kechgan edi: “Texaslik odam Jeyms Bond bo‘lishi kerak emas”.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Amazon MGM Studios navbatdagi Bond filmi rejissyori etib Deni Vilnyovni rasman tayinlagan edi. O‘tgan oyda esa “O‘tkir qalpoqlar” muallifi Stiven Nayt ssenariy ustida ishlashi ma’lum qilindi. Film studiya bilan allaqachon hamkorlik qilib kelayotgan prodyuserlar Barbara Brokkoli va Maykl G. Uilson bilan hamkorlikda yaratiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Hayvonlar shahri 2” daromadi 1 milliard dollar oshdi

“Hayvonlar shahri 2” kinoteatrlardagi namoyishining atigi 17 kuni ichida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar kassaviy daromad to‘pladi. Shu...

Rose va Bruno Mars yangi duetga ishora qilishdi

So‘nggi bir yil davomida BLACKPINK guruhi a’zosi Rose va Bruno Marsning “APT.” qo‘shig‘i barcha chartlarni larzaga solib kelmoqda....

“3 Savdoyi” yana qaytadi!

Bollywood muxlislari uchun katta yangilik: Amir Xon, Karina Kapur Xon, R. Madhavan va Sharman Joshi yana bir filmda...

“Met Gala – 2026” tafsilotlari oshkor bo‘ldi

Dunyoning eng nufuzli moda tadbiri — “Met Gala” ning 2026-yilgi o‘tkazilish tafsilotlari e’lon qilindi. Bu yil ham moda,...