Mashhur turk aktrisasi Hande Erchelning Instagram’dagi reklama xizmatlari narxi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Turkiyaning Ensonhaber nashri xabariga ko‘ra, millionlab obunachilarga ega aktrisa Instagram Stories’da 24 soat davomida saqlanadigan bitta reklama joylashtirish uchun 700 ming turk lirasi haq talab qilmoqda.
Hande Erchel nafaqat kino va seriallardagi rollari, balki yirik brendlar bilan reklama hamkorliklari orqali ham katta daromad topayotgani aytilmoqda.
Turkiya teleko‘rsatuvlarida ham muhokama qilingan ushbu summa aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi ta’siri va reklama bozoridagi yuqori talabga ega ekanini ko‘rsatadi.
Biroq reklama uchun belgilangan mazkur narx aktrisa yoki uning vakillari tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Manba: Ensonhaber

