Mashhur yapon yozuvchisi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi

Share post:

Yaponiyalik taniqli yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktyabr kuni uning kitoblarini nashr etib kelgan Gentosha nashriyoti ma’lum qildi.
Yozuvchi 17-oktyabr kuni o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan. Uning o‘lim sababi oshkor etilmagan. Dafn marosimi faqat yaqin oila a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan.
Ryu Murakami 1952-yil 19-fevralda Yaponiyaning Sasebo shahrida tug‘ilgan. U 1976-yilda, hali talabalik davridayoq, “Shaffof moviy” (Almost Transparent Blue) debyut romani bilan mashhurlikka erishgan. Mazkur asar unga Yaponiyaning nufuzli Akutagava adabiy mukofotini olib kelgan.
Adib “Miso sho‘rvasida” (In the Miso Soup) va “Tashlab ketilganlar” (Coin Locker Babies) kabi romanlari bilan ham tanilgan. Uning ijodida jamiyatning qorong‘i tomonlari, zo‘ravonlik va inson ruhiyatidagi murakkab kechinmalar muhim o‘rin egallagan.
Ta’kidlash joizki, Ryu Murakamini yana bir mashhur yapon yozuvchisi — Haruki Murakami bilan adashtirmaslik kerak. Ular qarindosh emas, faqat familiyadosh. “Norveg o‘rmoni” romani muallifi Haruki Murakami hayot.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Yaponiyalik qiz 6 yoshida musiqa olamida rekord o‘rnatdi

Yaponiyalik 6 yoshli Illumi Maeda klubda bir soatdan ortiq DJ sifatida chiqish qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. DJ Illu...

“Oltin globus” qo‘mitasi nega “Maykl” filmini musiqiy film deb tan olmadi?

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2027-yilgi “Oltin globus” mukofotining musiqiy yoki komediya filmi yo‘nalishidan...

Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmi premyerasida uchrashdi

Turkiyalik aktyorlar Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmining jahon premyerasi munosabati bilan Misrda o‘tkazilayotgan El-Guna kinofestivalining...

Dueyn Jonsonning yangi ko‘rinishi shov-shuvga sabab bo‘ldi

Gollivud aktyori Dueyn “Rok” Jonson rejissyor Benni Safdining “Lizard Music” filmida 70 yoshli qariya obrazini gavdalantirmoqda. Suratga olish...