Pi Diddi (Shon Kombs) 50 oyga qamaldi

Share post:

Amerikalik reper va ishbilarmon Shon “Diddi” Kombs, uzoq kutilgan sud jarayonidan so‘ng, New York federal sudi tomonidan 50 oy — ya’ni 4 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

U sudda ikki marotaba odamlarni jinsiy xizmatga majburlashda aybdor deb topildi. Ammo unga qarshi ilgari surilgan og‘irroq ayblovlar — reketchilik va jinsiy savdo — sud joriy baholash jarayonida bekor qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, Diddi shuningdek $500,000 jarimaga tortildi va ozodlikka chiqgach, yana 5 yil nazorat ostida bo‘lish belgilandi. Shuningdek, sud uning oldindan qamoqda o‘tirgan 12–13 oyini jazo hisobiga kiritdi — ya’ni u allaqachon muddatning bir qismini o‘tab bo‘lgan.

Sud jarayonida Pi Diddi pushaymonlik bildirdi. Ammo uning tarafdorlari, shuningdek advokatlari ham sud qarorini qattiq tanqid qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...