​​Parij Xiltonning “ahmoq sariq qiz” obrazi haqida iqrori: Hammasi shunchaki niqob edi

Share post:

Parij Xilton “Barbi qo‘g‘irchog‘i” kabi ko‘rinish va “ahmoq sariq qiz” rolini o‘ynaganiga iqror bo‘ldi: Men bu obrazni media travmatik o‘tmishim haqida savol berilmasligi uchun niqob sifatida ishlatdim

Peris Hilton tashqi ko‘rinishiga singdirgan “Barbi qo‘g‘irchog‘i” obrazining asl sababini tushuntirdi. 44 yoshli mashhur ayol, bu qiyofani yoshligida boshidan kechirgan og‘ir voqealardan qochish yo‘li sifatida yaratganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yoshligida oilasi uni yuborgan Kan’on Bravo’ maktabida ikki yil davomida jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini aytgan.

Ikki farzandning onasi bo‘lgan Hilton, media uning travmatik o‘tmishi haqida savol bermasligi uchun “ahmoq sariq qiz” obrazini niqob sifatida ishlatganini tan oldi.

Peris Hilton Grazia’ jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi:

“Men o‘zimga xuddi Barbi qo‘g‘irchog‘i kabi “mukammal hayot” obrazini yaratdim va bu niqob edi. Ba’zi narsalar haqida gapirishni xohlamasdim. Odamlar esa hech qachon og‘riqli savollar berish haqida ham o‘ylamas edilar. Bu, azob ustidagi himoya edi men uchun” degan.

2024-yil dekabr oyida “Korparativ Bolalar Zo‘ravonligini To‘xtatish Qonuni”ning qabul qilinishida o‘z hissasini qo‘shganini aytgan Xilton:

“Oxiri jim tura olmadim va bu meni o‘zimni anglash, shifo topish va poklanish yo‘lida yurishga olib keldi. Bu qadar dahshatli narsadan omon qolganim menga kuch bag‘ishladi” degan.

U o‘z hikoyasini Vashington’da aytib berishda davom etayotganidan faxrlanishini ta’kidlab:

“Vashingtonda hech kim bunday tez o‘zgarishlarni ko‘rmagan. Men qayta-qayta borib, hikoyamni aytishda davom etganimdan juda faxrlanaman. Bu bolalarni himoya qilish uchun hech kim hech narsa qilmadi. Ish hali tugamadi. Kurashishda davom etaman, chunki hali bajarilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar bor” degan.

Umid qilamanki, odamlar meni shu sababli “afsona” deb atashadi.

Peris Hilton 2021-yil oktabr oyidan boshlab har 6-10 oyda Vashingtonga borib, Kongressda yoshlarning internat davolash muassasalarini isloh qilish bo‘yicha lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida...

“Digger” — Tom Kruzning eng past baholangan filmi

Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore...

Nikolas Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...