O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

Share post:

O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, “O‘zbekiston doirachilari” jamoat birlashmasi raisi  Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi.

U ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda doira san’atining rivojlanishida fidokorona xizmat qildi.

Dilmurod Islomov respublika “Zarb ko‘rik-tanlovi”ning va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi.

Shuningdek, doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014-yilda “Ustozlardan doira saboqlari” to‘plamini, 2015-yilda “Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)” o‘quv qo‘llanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi.

Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida...

“Digger” — Tom Kruzning eng past baholangan filmi

Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore...

Nikolas Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...