O‘zbekistonda Disneyland parki ochilishi rejalashtirilmoqda

Share post:

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva The Walt Disney Company kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Maqsad O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish. 

“Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimizSaida Mirziyoyeva.

“Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.

Shuningdek, O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirilgan.

Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.



Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qirol Sher”ning hammuallifi Rojer Allers vafot etdi

2026 yil 19 yanvarda animatsiya olami katta yo‘qotishga uchradi — Rojer Allers, mashhur amerikalik rejissyor, ssenariy muallifi va...

Joy Awards 2026: Ar-Riyodda o‘tgan yulduzlar kechasi va jahon shou-biznesining yorqin lahzalari

2026 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod yana bir bor jahon shou-biznesi markaziga aylandi. Bu yerda katta...

Mashhur xonanda JONY «Рядом» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan xayriya auksionini o‘tkazdi

Taniqli ijodkor JONY «Рядом» nomli badiiy ko‘rgazmaga bag‘ishlab xayriya auksioni tashkil etdi. Ushbu tadbir jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va...

Jim Kerri tug‘ilgan kunini nishonlamoqda: aktyorning eng yorqin rollarini eslaymiz

Bugun Gollivudning eng mashhur va sevimli aktyorlaridan biri — Jim Kerri tavallud kunini nishonlamoqda. U yaratgan obrazlar nafaqat...