O‘zbekiston madaniyati Koreyada: konsertlar, ko‘rgazmalar va uchrashuvlar

Share post:

Koreya Respublikasining Kochxon, Boryon, Seul, Chondju, Andon va Suncheon shaharlarida 14–21-sentyabr kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda.

Madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi Seul shahridagi “Sejong Art Center”ning “Grand Theater” konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning milliy musiqa va san’at merosi keng namoyish etilib, xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, Kamoliddin O‘rinboyev, Ilyos Arabov, Aygul Nadirova, xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova, shuningdek, xonandalar Hulkar Abdullayeva va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirok etdi.

Konsert dasturidan O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, “Navbahor” raqs ansambli, maqom va opera san’ati vakillarining chiqishlari ham o‘rin oldi. Tomoshabinlarga simfonik musiqa, milliy raqs, maqom, opera va zamonaviy estrada namunalari taqdim etildi.

Madaniyat kunlari doirasida Koreyaning turli shaharlarida simfonik konsertlar, foto va milliy liboslar ko‘rgazmalari, uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda. 14–15-sentyabr kunlari Kochxon va Boryon shaharlarida “O‘zbek madaniyati fasllari” simfonik konsertlari o‘tkazilgan bo‘lsa, 18–19-sentyabr kunlari Chondju va Andon shaharlarida shu kabi tadbirlar davom ettiriladi. 21-sentyabr kuni Suncheon shahrida madaniyat kunlarining yopilish marosimi va konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Koreya tomonining vakillari bilan qator uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Xususan, Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vaziri Chxve Xvi Yon bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda Seuldagi “Sungshin Women’s University” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat ta’lim va tajriba almashinuvi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi hamda Koreya Respublikasi jamg‘armasi prezidenti Gvido Song bilan madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Madaniyat kunlari doirasida “San’at va Buyuk Ipak yo‘li — do‘stlik yo‘llarini bog‘lovchi rishtalar” nomli ko‘rgazma ham tashkil etilib, unda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosi, san’ati va ijodiy an’analari namoyish etilmoqda.

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston san’ati va madaniy merosini Koreya jamoatchiligiga tanishtirishga qaratilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....