Kanye Uestning Sankt-Peterburgda 10 va 11 oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari reperning rasmiy saytidan olib tashlandi.
Hozirda “Ye Live Concert Tour 2026” bo‘limida faqat to‘rtta sana ko‘rsatilgan: 24 oktabr — Jakarta, 31 oktabr — Xyuston, 7 noyabr — Dallas va 21 noyabr — Finiks.
Konsertlarning sayt ro‘yxatidan nega olib tashlangani hozircha ma’lum emas. Ularning bekor qilingani yoki boshqa sanaga ko‘chirilgani ham rasman tasdiqlanmagan.
Avvalroq, Kanye Uest jamoasi vakillaridan biri Sankt-Peterburgdagi konsertni Moskvaga ko‘chirish ehtimoli ko‘rib chiqilayotganini bildirgan edi. Shu sababli Rossiyadagi chiqishlarning taqdiri hozircha noaniq.

