“Oltin Humo-2025”da kimlar g‘olib bo‘ldi?

Share post:

2019-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu taqdimot joriy yilda ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimiga jami 62 ta film taqdim qilingan bo‘lib, ular orasida 25 ta badiiy, 21 ta hujjatli va 16 ta animatsion film bor.

Ular orasidan 17 ta naminatsiya bo‘yicha munosiblar tanlab olinib, mukofot taqdim etildi.

Tadbirda “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi:

Eng yaxshi hujjatli film: “Oq oltin balosi” filmi;
Eng yaxshi animatsion film: “Aqlli qizaloq” filmi;
Eng yaxshi ovoz rejissyori: “Bahorni quvib” filmi uchun Ulug‘bek Abdusoatov;
Eng yaxshi montaj ishi: “Daydi shamol” filmi uchun Azim Botirov;
Eng yaxshi grafika ishi: “Hudud” filmi uchun Behro‘z Po‘latov;
Eng yaxshi rassom ishi: “Paxta” filmi uchun Bektosh Rajabov;
Eng yaxshi grimm rassomi: “Maxtumquli Firog‘iy” filmi uchun Mahbubat Esonova;
Eng yaxshi liboslar boʻyicha rassom: “Maxtumquli Firog‘iy” filmi uchun Nigora Poʻlatova;

Eng yaxshi kino bastakori: “Mening mahallam” filmi uchun Jamshid Izamov;
Eng yaxshi ssenariy: “Bahorni quvib” filmi uchun Erkin A’zam;
Eng yaxshi operatorlik ishi: “Paxta” filmi uchun Boris Litovchenko;
Eng yaxshi rejissyorlik ishi: “Umida. Fudziyama haqida tush” filmi uchun Zulfiqor Musoqov;

Eng yaxshi ayol roli: “Shamsqamar” filmi uchun Yulduz Rajabova;
Eng yaxshi erkak roli: “Choʻliq” filmi uchun Ulugʻbek Muhammadkarimov;
Hakamlar hay’atining maxsus sovrini: “Adolat” filmi;
Eng yaxshi film: “Maxtumquli Firog‘iy” filmi uchun Muzaffarxon Erkinov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...