Nolanning yangi filmi uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan mashhur aktyor

Share post:

Syomka jarayonidagi fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi

 Ham kino olamidagi mahorati, ham loyihadagi aktyorlar tarkibi tufayli rejissyor Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi 2026-yilning eng kutilgan filmlaridan biriga aylanmoqda.

Bundan tashqari, muxlislar bu hafta film bilan bog‘liq hayajonli yangiliklarka guvoh bo‘lishdi. @ChrisNolanMedia tomonidan X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan syomka fotosuratlari “Odisseya” filmi suratga olish jarayonining qizg‘in davom etayotganini ko‘rsatdi. Suratda Jon Berntalning tanib bo‘lmas qiyofasi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Oxirgi bor Disney+’ning Daredevil: “Qayta tug‘ilish” serialida Frenk Kasl ya’ni Punisher roli bilan nom qozongan 48 yoshli Berntal, “Odisseya” filmi syomka maydonchasida butunlay boshqacha qiyofaga kirgan.

Syomka jarayonlaridagi yangi fotosuratlarda qalin soqoli va sochsiz ko‘rinishi bilan e’tiborni jalb qilgan aktyor to‘liq tarixiy libosda namayon bo‘ldi. Suratlarda Berntal bilan birga Tom Hollandni ham tarixiy kiyimda ko‘rishingiz mumkin. 

Ssenariy yozish va prodyuserlik ishini ham o‘z zimmasiga olgan Nolan “Odisseya” filmi orqali Gomerning shu nomdagi dostonini katta ekranlarga olib chiqmoqda.

2026-yil 17-iyulda premyerasi bo‘lib o‘tadigan film, Itaka qiroli Odisseyning Troya urushidan so‘ng rafiqasi Penelopaga yetishish uchun boshidan kechirgan og‘ir safari haqida hikoya qiladi.

250 million AQSH dollarlik taxminiy byudjeti bilan ushbu film Nolaning eng qimmat filmi bo‘lishi aytilmoqda.

 Yulduzlarga boy bo‘lgan aktyorlar tarkibida bosh rollarni ijro etayotgan Mett Deymon, Berntal, Tom Holland, Enn Hetuey, Zendaya, Robert Pattinson, Lupita Niongo va Sharliz Teron kabi ko‘plab mashhur ismlar ham bor. 




Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

AQShda taniqli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi

AQShning Los-Anjeles shahrida 81 yoshli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Variety nashri huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga tayanib...

«Она танцует под Шадэ»: afsonaviy xonanda Sade haqida

“Sade” guruhining nomi uning vokalisti Helen Folashade Adu nomidan olingan. “Folashade” yoruba tilida “sharaf toj olib keldi” degan...

Maryam Tillayevaning sevgilisi munosabatlarning boshida uning jamoasiga maosh to‘lab bergan

Maryam Tillayeva va uning sevgilisi Arno juftligi atrofida uzoq vaqtdan beri ularning moliyaviy imkoniyatlari o‘rtasidagi farq haqida mish-mishlar...

Xonanda PSY qamalishi mumkin

PSY 2022-yildan 2025-yilgacha boʻlgan muddat ichida Seuldagi universitet shifoxonalaridan birida shaxsan shifokor koʻrigidan oʻtmasdan, oʻzining menejeri va boshqa...