Al Pachino faoliyatidagi eng sevimli rollarini e’lon qildi

Share post:

 Al Pachino 9 marta Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Aktyor Al Pachino uzoq va afsonaviy karyerasi davomida 9 marta Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan. Ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lganiga qaramay, 1990-yilda suratga olingan “Dik Treysi” filmida rol o‘ynashdan eng ko‘p zavq olganini aytdi. Shuningdek, 1983-yilda Brayan De Palma tomonidan suratga olingan “Chandiqli yuz” filmidagi Kubalik muhojir Toni Montana obrazi uning eng sevimli roli ekanini ta’kidladi.

Al Pachino bu fikrlarini “Kuchuklar kuni” filmining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan maxsus namoyishda bildirdi. Kaliforniyaning Santa Monika shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda, savol-javob qismida u shunday dedi:
“Haqiqatan ham aytishim kerak, men uchun “Chandiqli yuz” filmi bilan tenglashadigan film yo‘q.”

84 yoshli Oskar mukofoti sohibi Al Pachino, bu tanlovining sababini quyidagicha tushuntirdi:

“Bir paytlar Los-Anjelesda Tiffany degan kino teatr bor edi, hozir esayo‘q. U yerda eski filmlar namoyish etilardi. 1932-yilda suratga olingan “Chandiqli yuz” filmi namoyish etilishini eshitib, do‘stlarim bilan borgan edim. Film rejissyori Govard Xyuz, bosh rol ijrochisi esa o‘sha davrning eng mashhur aktyorlaridan biri Pol Muni edi. Ushbu filmni tomosha qilganimda chinakamiga maftun bo‘ldim” deydi.

Al Pachino “Kuchuklar kuni” filmidagi roli bilan 1976-yilda “Eng yaxshi erkak aktyor” nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan. Film bank bosqinchisi Jon Voytovich voqeasidan ilhomlanib ishlangan edi.

Garchi tomoshabinlar Sonni Vortzik obrazini Al Pachinoning eng yaxshi rollaridan biri deb bilsalar ham, aktyorning o‘zi 1990-yilda suratga olingan “Dik Treysi” filmida Katta bola Kapriz obrazini gavdalantirishdan juda ham zavq olganini aytdi.Xuddi shu tadbirda unga eng qiyin rollari haqida ham savol berildi. U esa shunday javob berdi:
“O‘ynagan rollarimning deyarli yarmi juda murakkab edi, lekin “Kuchuklar kuni” shubhasiz ularning eng qiyinlaridan biri edi” deb javob bergan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...