Nega muxlislar Selena Gomesning yangi qo‘shig‘i Xeyli Biber haqida deb o‘ylashmoqda?

Share post:

Selena Gomesning muxlislari uning yangi albomi haqida taxminlarini bo‘lishmoqda va ba’zilari yangi qo‘shiqlaridan biri sobiq yigiti Jastin Biber va uning rafiqasi Xeyli Biber haqida deb o‘ylashmoqda.


Juma kuni 32 yoshli yulduz va uning musiqiy prodyuseri bo‘lgan bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Benni Blanko (37 yosh) o‘zining birinchi umumiy albomi “I Said I Love You First”ni taqdim etdi. Muxlislar esa darhol qo‘shiqlarning ma’nosiga chuqurroq e’tibor qaratishni boshlashdi.

Ko‘pchilik “Don’t Take It Personally” nomli treki Selena va “Love Yourself” qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan Jastin Biber (31yosh), shuningdek, “Rhode” brendi asoschisi Xeyli Biber (28 yosh) bilan bo‘lgan o‘tmishidan ilhomlangan deb taxmin qilmoqda.

Ushbu qo‘shiqda Selena “rashk” haqida kuylaydi va unda ikki ayolning bir erkakka bo‘lgan hissiyotlari tasvirlangan.

 Selena Gomesning yangi qo‘shig‘idagi so‘zlar muxlislarni hayratda qoldirdi

Qo‘shiqning birinchi misrasida Selena shunday kuylaydi:
“Ehtimol, sening devoringda nishon taxtasi bor, o‘rtasida esa mening rasmim turibdi.”

“U endi mening yonimda uhlaydi, men uning ota-onasi bilan tanishganman – bu endi haqiqat.”

Davomida esa quyidagi so‘zlarni aytadi:

“Iltimos, buni yuragingga og‘ir olma.
Ba’zi narsalar taqdir bilan belgilangan.
Barcha energiyangni bekorga sarflama.
Ikkimiz ham u meni sevishini yaxshi bilamiz.”

“Oh, azizim, sen ham baxtga loyiqsan.
Ishonamanki, sen o‘zing uchun mukammal insonni topasan.
Iltimos, buni shaxsiy xafagarchilik sifatida qabul qilma.
Ba’zi narsalar shunchaki bo‘lishi kerak bo‘lganidek bo‘ladi.”

Qo‘shiqning boshqa qismida Selena sirli ayolni “juda go‘zal”, deb ta’riflaydi va “buni qabul qilish hanuz men uchun og‘ir”, deydi.

U hatto rashk tufayli “stressdan ko‘p ovqat yeyishga majbur bo‘lganini va qayg‘ularini spirtli ichimlik bilan unutishga uringanini” ham tan oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Animatsiya olamida KATTA yangilik!

Astir animatsiya studiyasi tomonidan O‘zbekiston tarixida ilk bor — buyuk bobolarimiz bolaligini tasvirlaydigan 3D animatsion filmlar turkumi yaratildi!...

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh...

Otlar paradiga marhamat

6-dekabr 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkentda Milliy gvardiya rahbarligida otlar paradi...

Dunyo yulduzi Jeki Chan O‘zbekistonda: tashrif ehtimoli muhokamada

Afsonaviy aktyor Jeki Chan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifning asosiy sabablaridan biri Chan ishtirokidagi “Mo‘jizaviy aslahalar” filmining yangi...