Janubiy Koreyada katta janjal: Yosh aktrisa vafot etdi, super yulduz esa og‘ir ahvolda

Share post:

Homiylar shartnomalarini birin-ketin bekor qilmoqda

“Gold Medalist” kompaniyasi ularning ikkisini ham boshqarardi, lekin Kim Se Ronning 2022-yilda tugagan shartnomasi yangilanmagan.

Janubiy Koreya shou-biznes dunyosining super yulduzi sifatida tanilgan  Kim Su Xyonning homiylari shartnomalarini birin-ketin bekor qilmoqda.

16-fevral kuni atigi 24 yoshida o‘z joniga qasd qilgan Kim Se Ron bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqidagi da’volar 37 yoshli aktyorni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

Ularning munosabatlari Kim Se Ron o‘smirlik paytida boshlangan degan gaplar tarqalgach, Kim Su Xyon odatda siyosiy xabarlari bilan tanilgan bir YouTube kanaliga chiqib, bu da’volarni rad etdi.

Super yulduzning menejerlik ishlarini olib borgan “Gold medalist”, ikkala aktyor ham voyaga yetganida bu  ishqiy munosabat boshlanganini ta’kidladi.

Biroq “Prada” kabi brendlar endi Kim Su Xyon bilan ishlashni xohlamayapti. Kino olamining yulduzi Janubiy Koreyaning yetakchi brendlarining reklamalaridan ham chetlatildi.

Yoshligidan mashhurlikka erishgan Kim Se Ron, 2022-yilda mast holda mashina haydab avariya sodir qilganidan keyin sudlangan va xalq tomonidan keskin tanqidga uchragan edi.

Loyihalari bekor qilingan aktrisaning jasadi o‘tgan oy o‘z uyida topilgan. Uning o‘limida shubhali holatlar aniqlanmadi.

 Kim Se Ronning o‘limi bilan Janubiy Koreya jamiyatining mashhurlarga nisbatan o‘tkazayotgan bosimi sabab degan qarashlar kun mavzusiga aylanmoqda. 

Sobiq model va aktyor Son Jje Rim, “ASTRO” guruhi a’zosi Mun Bin, aktrisa Sulli hamda qo‘shiqchi Guu Grin ham xuddi shunday yoshligida vafot etganiga e’tibor qaratilmoqda.

CNN’ning xabar berishicha, Osiyo davlatlarida spirtli ichimlik yoki tamaki iste’mol qilgan mashhurlar ham keskin tanqidlarga uchraydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...