Lili Kollinz Emili Kuper obrazi bilan xayrlashdi 

Share post:

Lili Kollinz “Emili Parijda” serialidagi Emili Kuper obrazi bilan xayrlashdi. Serialning 6-mavsumi suratga olish ishlari yakunlandi. Final mavsum 24-dekabr kuni Netflix’da namoyish etiladi.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda Parijdagi Estrapad maydonida “Fin” (“Tamom”) yozuvi tushirilgan kresloda o‘tirgan suratini ulashdi. Qizig‘i, serial voqealari ham aynan shu maydonda boshlangan. Kollinz Emili obrazini hayotining muhim qismi deb atab, ushbu loyiha unga ko‘p yillar davomida ilhom va yangi sinovlar berganini ta’kidladi.

“Xayrlashish juda og‘ir. Ammo bu obrazni gavdalantirish va shunday quvonchli loyihaning bir qismi bo‘lish imkoniga ega bo‘lganimdan faxrlanaman va minnatdorman”, — dedi aktrisa.

Final mavsumda Emili Marsello bilan munosabatlari tugaganidan so‘ng Parijga qaytadi. U ishiga e’tibor qaratishga urinayotgan bir paytda Gabriel uning ishonchini qayta qozonishga harakat qiladi.

“Emili Parijda” seriali amerikalik Emili Kuperning Parijga ko‘chib kelishi va u yerda marketing sohasidagi faoliyati hamda shaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi. Serialning ilk mavsumi 2020-yilda Netflix’da namoyish etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi...

O‘zbekiston madaniyati Moskvada: san’at, hamkorlik va yangi loyihalar

Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi. 4–5-oktyabr kunlari tashkil etilgan tadbirlar O‘zbekiston san’ati va madaniyatini Rossiya jamoatchiligiga namoyish etish,...