Amerikalik reper Tupak Shakur qotilligi bo‘yicha qariyb 30 yil davom etgan sud ishida ayblanuvchi Dueyn Devis umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kif Di nomi bilan tanilgan 63 yoshli Devis 1996-yil sentyabrida Las-Vegasda sodir etilgan hujumni tashkil qilishda ayblangan. O‘shanda 25 yoshli Tupak Shakur avtomobilda ketayotganida boshqa mashinadan o‘qqa tutilgan va bir necha kundan so‘ng vafot etgan.
Ayblovga ko‘ra, Devis hujumni jiyanining kaltaklanishidan qasos olish maqsadida uyushtirgan. U Shakurga shaxsan o‘q uzganini tan olmagan. Devis 2023-yilda hibsga olingan va ish bo‘yicha rasman ayblangan yagona shaxs bo‘lib qolgan.
Sud hukmiga ko‘ra, u kamida 40 yil qamoqda o‘taganidan keyingina shartli ozodlikka chiqish uchun murojaat qilishi mumkin.

