Leonardo Di Kaprio Netflix uchun serial prodyuseri bo‘ladi

Share post:

Mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio Netflix uchun suratga olinadigan “Kapitan Planeta” serialining prodyuseri sifatida ishtirok etadi, deb xabar beradi Deadline nashri.

Serial ustida Leonardo Di Kaprio tomonidan tashkil etilgan “Appian Way” prodakshn kompaniyasi ishlaydi. Shuningdek, Greg Berlantining Berlanti Productions kompaniyasi va Warner Bros. Television ham loyihada ishtirok etadi. Ssenariy muallifi sifatida Tara Ernandes ish olib boradi — u “Buyuk portlash nazariyasi” va “Yosh Sheldon” kabi mashhur seriallar ustida 10 yildan ortiq ishlagan.

Serial asosini 1990-yilda TBS telekanalida namoyish etilgan “Kapitan Planeta va qutqaruvchilar jamoasi” multseriali tashkil etadi. Unda besh nafar o‘smir ekologik muammolar bilan kurashib, Kapitan Planetaning yordami bilan sayyorani halokatdan saqlab qolishga harakat qilishadi.

Ekologik muammolar “Appian Way” tomonidan tayyorlangan hujjatli filmlarda asosiy mavzu sifatida ko‘tarilgan. Kompaniya ishlab chiqargan “Yo‘lbarslar yo‘li”, “Biz qo‘riqchilarmiz”, “Virunga”, “Biz yashilga aylanyapmiz”, “Fin”, “Eng yolg‘iz kit” va “Muzli olov” kabi filmlar hatto Emmi mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ularning “Ozi: o‘rmon ovozi” nomli bolalar uchun mo‘ljallangan animatsion seriali ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Leonardo Di Kaprio yana bir loyihada ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Paramount kinokompaniyasi afsonaviy kaskadyor hayoti haqida “Evel Knivel gastrollarda” nomli biografik film suratga olmoqchi. Di Kaprio ushbu filmda bosh rolga da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Timoti Shalame va Selena Gomes katta loyihada yana birlashadi

Timoti Shalame va Selena Gomes “Nyu-Yorkda yomg‘irli kun” filmi chiqqanidan yetti yil o‘tib, yana bir loyihada birga ishtirok...

O‘zbekistonlik talaba yigit ishlagan film xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino va televideniye rejissyorligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Axadjon Oxunov tomonidan suratga olingan...

Hilola Hamidova san’atni tark etdimi?

Xonanda Hilola Hamidova so‘nggi paytlarda nega ijodda kamnamo boʻlib qolganiga izoh berdi. Uning aytishicha, hozir u ko‘proq oilasi,...

ASL Wayne va Massa 8 ta shaharda konsert beradi

ASL Wayne va Massa O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “ULTIMATE TOUR 2026” gastrol safari oldidan matbuot anjumani tashkil etdi. Unda prodyuser...