“Lavr” romani asosida film suratga olinadi: bosh rol — Yura Borisov

Share post:

Yevgeniy Vodolazkinning “Lavr” romani asosida film suratga olinadi va unda rossiyalik aktyor, “Oskar” mukofotiga nomzod Yura Borisov bosh rolni ijro etadi. Bu haqda, TASS film prodyuseri Sergey Katyshevga tayanib xabar berdi.

Film suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Loyihadan oldin Moskva va Sankt-Peterburgda “Lavr” asariga bag‘ishlangan teatr tadbirlari o‘tkaziladi. Kitobning sahna talqini bo‘yicha ilk o‘qish 21-oktabr kuni Mariinskiy teatrida, ikkinchisi esa 9-noyabr kuni Bolshoy teatrining Yangi sahnasida bo‘lib o‘tadi.

Borisov va Vodolazkin Moskvadagi tadbirda Pyotr Dranga boshqaruvidagi DYP Orchestra hamda Sveshnikov nomidagi Davlat akademik rus xori jo‘rligida ishtirok etadi.

Ijodkorlarning ta’kidlashicha, teatr loyihasi film ustida ishlashdan oldingi ijodiy laboratoriya vazifasini bajaradi. Unda adabiyot, musiqa va video san’ati uyg‘unlashtiriladi. Spektakl uchun suratga olinadigan videolar esa bo‘lajak filmning hissiy asosiga aylanishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...