Kichik Robert Dauni endi yovuz qahramon bo‘ladi

Share post:

Kichik Robert Daunining Marvel’ga qaytishi ancha vaqtdan beri muhokamada edi. Endi esa eng muhim detal ochiqlandi – u bu safar qahramon emas. Marvel studiyasi rahbari Kevin Feygi bu qaror sababini tushuntirdi. Uning aytishicha, aktyorni qaytarish g‘oyasi bir necha yildan beri bor edi.

“U Marvel koinotining ajralmas qismiga aylangan, shuning uchun uni qanday qilib qaytarish mumkinligi ustida uzoq o‘yladik” dedi u. Natijada studiya kutilmagan yo‘lni tanladi – eng mashhur qaharamonlardan birini asosiy yovuzga aylantirish. Endi Robert Dauni  Doktor Dum rolida chiqadi. Bu g‘oya taxminan 3,5 yil oldin paydo bo‘lgan.

Yangi film Marvelning eng katta loyihalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Unda turli jamoalar birlashadi: “Qasoskorlar”, “X-Men” va “Fantastik to‘rtlik”. Syujetiga ko‘ra, ular Doktor Dum tahdidiga qarshi kurashadi. Premyera esa 2026-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, aktyorning qaytishi haqida ilk bor 2024-yilda Comic Con’da aytilgan edi. O‘shanda u yangi rol bilan chiqishi ma’lum qilingan, lekin aynan qanday rol ekani hali ochiqlanmagandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...