“Kann” kinofestivalida yarim yalang‘och kiyimlar taqiqlandi

Share post:

2025-yilgi “78-Kann” kinofestivalida kiyinish bo‘yicha yangi qoidalar joriy etildi. Ushbu qoidalar, ayniqsa, qizil gilamda yarim yalang‘och yoki shaffof kiyimlar kiyishning oldini olishga qaratilgan. Festival tashkilotchilari, bunday kiyimlar nafaqat estetik jihatdan, balki qatnashchilarning harakatlanishida va odob-axloq qoidalariga mos kelmasligini ta’kidlagan. 

Festivalning yangi kiyim-kechak qoidalariga ko‘ra, qizil gilamda quyidagi kiyimlar taqiqlangan:

  • Yarim yalang‘och yoki shaffof kiyimlar
  • Katta hajmdagi liboslar yoki uzun etaklar
  • Juda ochiq kiyimlar

Bu qoidalar, festivalning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilindi. Tashkilotchilar, qatnashchilardan hurmatli va festivalning obro‘siga mos kiyinishni so‘radilar.

Mashhur yulduzlarning reaksiya va moslashuvi

Yulduzlar va mashhurlar yangi kiyinish qoidalariga turlicha munosabat bildirishdi. Aktrisa Xolli Berri, dastlabki kiyim tanlovini o‘zgartirib, yangi qoidalarga mos keladigan libosda qatnashdi. U o‘zining Gaurav Gupta libosidan voz kechib, Celia Kritharioti tomonidan yaratilgan qora va pushti rangdagi libosni tanladi. Berri, bu o‘zgarishni festivalning yangi qoidalariga hurmat sifatida amalga oshirdi. 


“Kann” kinofestivalida yarim yalang‘och kiyimlar taqiqlanishining sabablari:

2025-yilda Kan kinofestivali tashkilotchilari tomonidan yarim yalang‘och yoki haddan tashqari ochiq kiyimlarga taqiq qo‘yilishi bir nechta asosiy sabablarga tayanadi. Ya’ni “Kann” kinofestivali — bu faqat moda namoyishi emas, balki kino san’ati, madaniyat va estetik didning yuksak darajasini targ‘ib qiluvchi xalqaro tadbir. Tashkilotchilar bunday ochiq liboslar festival obro‘siga putur yetkazishi, e’tiborni san’atdan chalg‘itishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, Festival rasmiy bayonotida aytilishicha, “e’tiborni san’atga emas, tanaga qaratadigan” liboslar axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi. Ayniqsa, xalqaro jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari oldida bu festivalning umumiy qiyofasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 2024-yilda Bella Hadid, Byanka Sensori kabi mashhurlar — juda ochiq liboslar kiyib chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda katta tanqidga sabab bo‘lgan. 

“Kann” kinofestivali, kino san’ati va madaniyatining yuksak namunasi sifatida, o‘zining an’anaviy kiyim-kechak qoidalarini saqlab qolmoqda. Yangi qoidalar, festivalning obro‘sini oshirish va qatnashchilarning hurmatini ta’minlashga qaratilgan. Biroq, bu qoidalar ijodiy ifodani cheklamasligi kerak. Festival tashkilotchilari, kelajakda barcha qatnashchilar uchun qulay va hurmatli muhit yaratishga intilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Oltin globus” qo‘mitasi nega “Maykl” filmini musiqiy film deb tan olmadi?

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2027-yilgi “Oltin globus” mukofotining musiqiy yoki komediya filmi yo‘nalishidan...

Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmi premyerasida uchrashdi

Turkiyalik aktyorlar Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmining jahon premyerasi munosabati bilan Misrda o‘tkazilayotgan El-Guna kinofestivalining...

Dueyn Jonsonning yangi ko‘rinishi shov-shuvga sabab bo‘ldi

Gollivud aktyori Dueyn “Rok” Jonson rejissyor Benni Safdining “Lizard Music” filmida 70 yoshli qariya obrazini gavdalantirmoqda. Suratga olish...

Navai hibsdan ozod qilindi

Taqiqlangan moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq ish bo‘yicha Qozog‘istonda hibsga olingan reper Navai garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Mash Telegram kanalining...