BLACKPINK a’zosi Jisu “Jahldor qushchalar 3” multfilmi uchun qo‘shiq yaratdi

Share post:

Billboard nashrining xabar berishicha, BLACKPINK guruhi a’zosi Jisu “Jahldor qushchalar 3” animatsion filmi uchun “Sun Showers” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etishga tayyorlanmoqda.

K-pop yulduzi qo‘shiqni yozish jarayonida ham hammuallif sifatida ishtirok etgan.

Qo‘shiq muqovasida esa Jisu maktab yillarida o‘zi chizgan “Shumon” ismli kichik chang sharchasi qahramoni tasvirlanadi.

Ma’lumot uchun, “Jahldor qushchalar” mashhur “Angry Birds” videoo‘yini asosida yaratilgan animatsion komediya hisoblanadi. Multfilmning birinchi qismi 2016-yilda, ikkinchi qismi esa 2019-yilda namoyish etilgan. Unda Red, Chak va Bomba ismli qushlarning sarguzashtlari hikoya qilinadi.

Siz Jisuning yangi qo‘shig‘ini kutyapsizmi?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ariana Grande sobiq sevgilisi bilan munosabatlarini qayta tikladimi?

Amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande ijtimoiy tarmoqlarda Riki Alvares bilan tushgan romantik suratlarini e’lon qildi.Suratlarda juftlikning bir-biriga mehr ko‘rsatayotgani...

“Muzyurak 4” multfilmining premyerasi kechiktirildi

Disney Animation rahbari Jared Bush Collider nashriga bergan intervyusida “Muzyurak 4” multfilmi rejalashtirilganidan kechroq namoyish etilishini ma’lum qildi. Dastlab...

Bred Pitt va Anjelina Jolining qizi otasining familiyasidan voz kechdi

Bred Pitt va Anjelina Jolining 18 yoshli qizi Vivyen otasining familiyasini rasman olib tashladi. 2-noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan...

Ssenariydan mantiq topolmagani uchun Tom Kruz “Edvard Qaychiqo‘l” obrazidan voz kechgan

Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruz rejissyor Tim Byortonning “Edvard Qaychiqo‘l” (Edward Scissorhands) filmida bosh rolni ijro etishi mumkin...