Gollivud “Naruto” multfilmi asosida film suratga oladi

Share post:

Mashhur yapon animesi “Naruto” ilk bor haqiqiy aktyorlar ishtirokida katta ekranlarga olib chiqiladi. Filmni suratga olish ishlari 2027-yil bahorida boshlanishi rejalashtirilgan.
Gollivudning Lionsgate kinostudiyasi “Naruto” animesi asosida to‘liq metrajli film yaratish loyihasini rasman ma’qulladi. Loyihaga Sony Pictures kompaniyasi ham qo‘shilib, filmni birgalikda moliyalashtirish va xalqaro kinoprokatga chiqarishni o‘z zimmasiga oldi.
Filmga “Shang-Chi va o‘n halqa afsonasi” hamda “O‘rgimchak odam: Mutlaqo yangi kun” kartinalari bilan tanilgan rejissyor Destin Deniel Kretton rejissyorlik qiladi. U ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ham ishtirok etadi.
Ayni paytda Naruto Uzumaki, Sasuke Uchiha va Sakura Haruno rollari uchun xalqaro kasting jarayoni davom etmoqda. Shuningdek, “Riverdeyl” seriali orqali tanilgan aktyor Charlz Melton Kakashi Xatake rolini ijro etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, “Naruto” yapon rassomi va yozuvchisi Masashi Kishimoto tomonidan yaratilgan manga asosida ishlangan. Asar o‘z qishlog‘ining yetakchisi — Hokage bo‘lishni orzu qilgan yosh ninja Naruto Uzumakining sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Manga dunyo bo‘ylab 250 million nusxadan ortiq tirajda chop etilgan.
Hozircha filmning yakuniy aktyorlar tarkibi va rasmiy premyera sanasi e’lon qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Uzbekistan Fashion Week 2026: poytaxtda moda haftaligi boshlandi

5-noyabr kuni Toshkentda Uzbekistan Fashion Week 2026 moda haftaligining VI mavsumi boshlandi. Tadbirning ilk kunida dizayner Suhrob Habibning...

Jon Galyano mojarosidan so‘ng Met Gala 2027 uchun yangi mavzu tanlandi

2027-yilgi Met Gala tadbirining yangi mavzusi e’lon qilindi. Bu safar dunyo yulduzlari kundalik kiyimlarni yuqori moda namunalariga aylantirishadi. Nyu-Yorkdagi...

Shohrux Xon va Dipika Padukonning yangi qo‘shig‘i YouTube’da rekord o‘rnatdi

Bollivud yulduzi Shohrux Xon va Dipika Padukon ishtirokidagi “Qirol” (“King”) filmining “Tu Mil Jaaye” qo‘shig‘i YouTube’da dastlabki 24...

BLACKPINK a’zosi Jisu “Jahldor qushchalar 3” multfilmi uchun qo‘shiq yaratdi

Billboard nashrining xabar berishicha, BLACKPINK guruhi a’zosi Jisu “Jahldor qushchalar 3” animatsion filmi uchun “Sun Showers” nomli yangi...