Kallum Tyorner Dua Lipaning u uchun qilgan fidokorligi haqida gapirib berdi

Share post:

Kallum Tyorner qo‘shiqchi Dua Lipa uning uchun katta qurbonlik qilishga tayyor ekani haqida aytib berdi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, Kallum yangi loyiha ustida ishlayotgan paytda Dua Lipa AQSHga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.

Intervyuda Kallum unga birdaniga ikkita yirik film loyihasidan taklif tushganini ma’lum qildi. Aktyorning aytishicha, ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgani sababli u ko‘p vaqtini uyidan uzoqda o‘tkazmoqda. Shu bois Dua ular ko‘proq birga vaqt o‘tkazishlari uchun AQSHga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. “Biz imkon qadar ko‘proq vaqtni birga o‘tkazishga harakat qilamiz”, — deya Tyornerning so‘zlarini Daily Mail nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, juftlik 31-may kuni rasman turmush qurdi. Kamtarona nikoh marosimi “Old Marylebone Town Hall”da bo‘lib o‘tdi. To‘y tantanalari esa Italiyada uch kun davom etdi. Birinchi kuni yangi turmush qurganlar to‘ydan oldingi kechki ovqatni tashkil qilishgan. Juftlik 2024-yilda tanishgan. Qiziq tomoni, Dua va Kallum bir kafeda o‘tirib, aynan bir xil kitobni o‘qiyotgan bo‘lishgan va bu ularning suhbat boshlashiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng ular tez-tez birga ko‘rina boshlashdi. 2025-yil iyun oyida Dua rasman Kallum unga turmush qurish taklifini berganini tasdiqlagan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Vazira Yunusova 36 yildan beri san’atdaligi, lekin mehnatlari mukofotlanmaganidan hayron

Taniqli oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri aʼzosi Vazira Yunusova Darakchi nashriga bergan intervyusida...

Turkiyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida yana 20 dan ortiq mashhur shaxs hibsga olindi

NTV telekanalining xabar berishicha, Turkiyada noqonuniy moddalarga qarshi kurash operatsiyasi doirasida yana bir mashhur shaxslar ommaviy hibsga olindi. Istanbuldagi...

Ariana Grande 7 yillik tanaffusdan soʻng qaytdi

Pop-musiqa qirolichasi Ariana Grande uzoq kutilgan “The Eternal Sunshine Tour” keng koʻlamli dunyo turiga 6-iyun kuni rasman start...

Amir Temur bolaligi haqidagi film uchun kasting yakunlandi

22-may kuni Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan “Temurbek” tarixiy-badiiy filmi uchun 4–7-iyun kunlari boʻlib o‘tadigan kasting haqida e’lon...