Jastin Biber to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng “Gremmi”ga qaytadi

Share post:

Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber AQShning Ovozni yozish san’ati va fanlari akademiyasi tomonidan har yili topshiriladigan nufuzli “Gremmi” musiqa mukofotiga tantanali tarzda qaytishga hozirlik ko‘rmoqda. 68-marotaba o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi 1-fevral kuni Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi “Gremmi” marosimi Jastin Biber uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki u mukofotdagi to‘rt yillik tanaffusni yakunlaydi. Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, xonanda marosimda jonli chiqish qiladi. Biber oxirgi bor 2022-yilda sahnaga chiqqan bo‘lib, u paytda vatandoshi Deniyel Sizer va amerikalik ijrochi Giveon bilan birgalikda “Peaches” qo‘shig‘ini ijro etgan edi. Ushbu chiqish tomoshabinlar tomonidan katta olqish bilan kutib olingan.

Rolling Stone nashriga ko‘ra, Jastin Biber yulduzlar jamlangan sahna ro‘yxatiga kiritilgan. Unda Sabrina Karpenter, Post Malone, “Clipse” guruhi, Farrell Uilliams, Eddison Rey, Sombr, Lola Young, Aleks Varren, “KATSEYE” qizlar guruhi va yana ko‘plab san’atkorlar bor. Kutilishicha, ijrochilar ro‘yxati yana kengayadi.

Biberning “Gremmi”ga qaytishi 2025-yil iyul va sentyabr oylarida kutilmaganda chiqarilgan oltinchi va yettinchi albomlari — “Swag” va “Swag II” bilan bog‘liq. Ushbu albomlarda sinti-pop va R&B janrlarini uyg‘unlashtirgan jami 44 ta qo‘shiq jamlangan.

Jastin Biber nafaqat marosimda chiqish qiladi, balki to‘rt nominatsiya bo‘yicha g‘alaba qozonishi ham mumkin:

  • “Daisies” qo‘shig‘i bilan — Eng yaxshi pop yakkaxon ijro,
  • “Yukon” qo‘shig‘i bilan — Eng yaxshi R&B ijro,
  • “Swag” albomi bilan — Eng yaxshi vokal pop albom va Yil albomi.

Faoliyati davomida Jastin Biber 23 marta “Gremmi”ga nomzod bo‘lgan, ammo hozirgacha ikki marta mukofotni qo‘lga kiritgan. Uning ilk “Gremmi”si 2015-yilda Diplo va Skrilleks bilan hamkorlikda yozilgan “Where Are Ü Now” qo‘shig‘i uchun “Eng yaxshi raqs musiqasi yozuvi” nominatsiyasida berilgan. 2021-yilda esa u Dan + Shay duet bilan ijro etilgan “10 000 Hours” qo‘shig‘i uchun “Eng yaxshi kantri duet yoki guruh ijrosi” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Donald Tramp Bed Bannining Superboul tanaffus shousini keskin tanqid qildi

“Amerikaning buyukligiga haqorat” Bed Banni dunyodagi eng nufuzli sahnalardan birida tarix yaratgan bir paytda, Donald Tramp san’atkorning birlik haqidagi...

Megan Markl xayriya galasida ishtirok etdi

Megan Markl Fifteen Percent Pledge tashkilotining har yili o‘tkaziladigan xayriya gala-kechasida ishtirok etdi. Shahzoda Garrining rafiqasi jamoatchilik qarshisida...

Toshkentda Nikolay Shinning Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi ochildi

NBU galereyasida “Alisher Navoiy. Davrlar muloqoti” ko‘rgazmasi ish boshladi. U Sharq mumtoz she’riyati rassomning shaxsiy hayoti va kechinmalariga qanday ta’sir qilganini...

Yildiz Tilbe G‘azoga 300 ming dollar miqdorida xayriya qildi

Turkiyaning mashhur xonandasi Yildiz Tilbe mintaqadagi insonparvarlik holatiga befarq qolmay, G‘azo sektorida fuqarolarning hayot sharoitini yaxshilash uchun 300...