Jastin Biber ko‘p million dollarlik qarzni to‘lashga va’da berdi

Share post:

Jastin Biber sobiq menejeri Skuter Braun bilan bo‘lgan nizodan kelib chiqqan ko‘p million dollarlik qarzni to‘lashga va’da berdi, deb xabar beradi Page Six.

2022-yilda Jastin Biber sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli musiqa gastrolini bekor qilgan edi. O‘shanda uning menejeri Skuter Braun butun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, Biberning 26 million dollar miqdoridagi qarzini yopgan edi. Ammo bu masala tinch yo‘l bilan hal bo‘ldi: Biber menejeriga 11 million dollar qarzni qaytarishga va’da berdi.
Jastin Biberning boyligi hozirda 300 million dollar deb baholanmoqda. Shu bilan birga, u 2022-yilda moliyaviy inqiroz yoqasiga kelib qolgan va o‘zining musiqiy katalogini 200 million dollarga sotishga majbur bo‘lgan.

Aytgancha, avvalroq internetda Jastinning turmush o‘rtog‘i Heyli Biber eriga qarzlardan qutulishga yordam berish uchun o‘zining “Rhode” kosmetika brendini sotdi, degan mish-mishlar tarqalgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida...

“Digger” — Tom Kruzning eng past baholangan filmi

Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore...

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...