Garri va Meganing Disneylanddagi surati shov-shuvlarga sabab bo‘ldi

Share post:

Megan Markl va shahzoda Garri Disneyland’dagi oilaviy suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylaganlaridan keyin internetda shov-shuvlar avj oldi va bu safar nishonda ularning bolalari Lilibet va Archi bo‘ldi.

O‘tgan dam olish kunlari, 43 yoshli Sasseks gersoginyasi Megan Markl Instagram sahifasiga Disneyland bog‘iga qilgan tashriflaridan maxsus  post joyladi. Suratlarda Megan va Garri farzandlarining yuzlarini yurak shaklidagi emojilari bilan berkitgan. Bu ularning shaxsiy hayotga bo‘lgan hurmatidan dalolat beradi.

Lekin suratlarni shov-shuvchilar sinchkovlik bilan tahlil qilib, asossiz va g‘alati da’volar bilan chiqishdi. Ularning aytishicha, suratda bolalar aslida yo‘q, ularning tasvirlari sun’iy intellekt yordamida qo‘shib qo‘yilgan.

Ba’zilar suratni tahrir qilib, “g‘ayritabiiy tafsilotlar”ni ko‘rsatishga uringan. Masalan, kimlardir Lilibet havoda muallaq turganini da’vo qilishmoqda.

Yana bitta nazariyaga ko‘ra, ular umuman Disneyland’ga bormagan, sababi ikki kun davomida parkda hech kim ularni ko‘rmagan.

Boshqalar suratdan “tarbiyachini kesib tashlashgan” deb hisoblamoqda yoki surat “qishda olingan” deyishmoqda — sababi Archi qavat-qavat kiyingan va Lilibet yaqinda tushgan suratlarlaridan kichikroq ko‘ringan.Hattoki internetda bolalarning yuzi ochiq ko‘ringan soxta suratlar ham tarqalmoqda, lekin ular tahrirlangan yoki uydirma ekanligi aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 355 mln dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi ilk dam olish kunidayoq AQSh kinoteatrlarida 355 million dollar...

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...