“Garri Potter” seriali HBO tarixidagi rekordni yangiladi

Share post:

“Garri Potter” serialining ilk treyleri taqdim etilganidan so‘ng, kino ixlosmandlari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida tizer millionlab tomosha yig‘ib, HBO va HBO Max tarixidagi eng muvaffaqiyatli treylerdan biriga aylandi. Yangi loyiha Joan Rouling yaratgan mashhur kitoblar asosida to‘liq ekranlashtiriladi va hozircha yaratilgan eng keng qamrovli “Garri Potter” talqini bo‘lishi kutilmoqda.

2026-yil 25-mart kuni e’lon qilingan tizer tomoshabinlarga tanish, ammo yangicha ishlangan sahnalar namoyish etdi. Birinchi mavsum “Garri Potter va hikmatlar toshi” asosida suratga olingan. Warner Bros. Discovery nashrining xabar berishicha, “Garri Potter va hikmatlar toshi” dastlabki 48 soat ichida barcha platformalarda 277 million ko‘rishlar soniga ega bo‘lgan. Bu HBO va HBO Max tarixidagi eng yaxshi natija, yangi rekord avvalgisidan ikki baravar ko‘p bo‘ldi.

Unda Garri Dursley uyidagi sehrli hayoti, sehrli maktubni olishi, Xogvartsga yo‘l olishi, Ron va Germiona bilan tanishuvi, Hagrid bilan ushrashuvi va sehrli shlyapa orqali fakultetga taqsimlanishi kabi sahnalar aks etgan. Shuningdek, Xogvarts maktabining ichki ko‘rinishlari yo‘laklari, sinfxonalari, hovli va maydoni ham ko‘rsatildi. Qiziq tomoni, serial “Xogvarts merosi” o‘yinining davomi bilan ham ma’lum darajada bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Warner Bros. Interactive Entertainment Rahbari Devid Heddad ma’lumotiga ko‘ra, o‘yin va serial o‘rtasida umumiy hikoya elementlari bo‘ladi. Biroq bu qanday amalga oshirilishi hozircha ochiqlanmagan. Serial ustida kuchli ijodiy jamoa ishlamoqda. Joan Rouling loyiha ijrochi prodyuseri sifatida ishtirok etadi. Film ssenariysi ustida Lora Nil ishlamoqda, rejissyorlardan biri sifatida Mark Maylod jalb qilingan. Kostyumlar dizayni esa “Oskar” sovrindori Xolli Uoddingtonga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, “Ajdar uyi” ning birinchi mavsumi 200 million dollar sarflangan. Yangi “Garri Potter” seriali esa bundan ham yirik loyiha bo‘lishi mumkin. Biroq katta hajmdagi vizual effektlar sabab serial har yili chiqmasligi mumkinligi ham aytilmoqda.

“Garri Potter” seriali oddiy loyiha emas — bu butun bir avlod uchun muhim bo‘lgan hikoyaning yangi bosqichi. Warner Bros. ushbu serial orqali nafaqat yangi tomoshabinlarni jalb qilishni, balki eski muxlislar mehrini ham saqlab qolishni maqsad qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...