Amerika Televizion Akademiyasi Los-Anjelesdagi Peacock teatrida 78-marotaba “Emmi” mukofotlarini topshirdi. Bu yilgi marosimga so‘nggi 15 yil ichida ilk bor ayol — aktrisa Mariska Xargitey boshlovchilik qildi. Quyida “Emmi-2026” mukofotining asosiy g‘oliblari bilan tanishtiramiz.

“Eng yaxshi dramatik serial”: “Pitt” (The Pitt)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor”: Noa Uayli — “Pitt” (The Pitt)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa”: Rey Sixorn – “Ko‘plardan biri” (The One)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor”: Tom Pelfri — “Topshiriq” (The Assignment)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa”: Ellison Jenni — “Diplomat” (The Diplomat)
“Dramatik serialning eng yaxshi rejissyori”: “Sekin yuradigan otlar” (Slow Horses)
“Dramatik serialning eng yaxshi ssenariysi”: “Ko‘plardan biri” (The One)
“Eng yaxshi komediya seriali”: “Bevalar qo‘ltig‘i” (Widows Bay)
“Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor”: Metyu Riz —“Bevalar ko‘rfazi” (Widows Bay)
“Komediya serialidagi eng yaxshi aktrisa”: Jin Smart — “Hiylalar” (Hacks)
“Komediya serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor”: Stiven Rut — “Bevalar ko‘rfazi” (Widows Bay)
“Komediya serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa”: Keyt OFlinn — “Bevalar ko‘rfazi” (Widows Bay)
“Komediya serialining eng yaxshi rejissyori” va “Eng yaxshi ssenariysi”: “Bevalar ko‘rfazi” (Widows Bay)
“Eng yaxshi mini-serial/antologiya”: “GKS. Sent-Luis”
“Mini-serial/antologiyadagi eng yaxshi aktyor”: Metyu Riz — “Ichimdagi mahluq” (The Beast in Me)
“Mini-serial/antologiyadagi eng yaxshi aktrisa”: Salli Fild — “Ajabtovur mavjudotlar” (Remarkably Bright Creatures)
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili “Emmi”ning eng ko‘p mukofotini “Kinostudiya” (The Studio), “O‘tish davri” (Adolescence), “Pingvin” (The Penguin) va “Bo‘linish”
(Severance) seriallari qo‘lga kiritgan edi.

